1070

BIZ HAQIDA

Toliq nomi

“KARBONAT” Аksiyadorlik jamiyati

Joylashgan yeri

O’zbekiston Respublikasi, 131204, Jizzax viloyati, Forish tumani, “Egizbuloq” MFY

Tarix

1999 yil 29 iyun – “KARBONAT” Ochiq aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 1997 yil 26 noyabrdagi 243-sonli buyrug’iga asosan tashkil topildi;

2014 yil 03 iyul – “KARBONAT” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.

Faoliyatining maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)

Jamiyatning asosiy maqsadi umumho’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.

Jamiyat faoliyatining sohasi maydalangan ohaqtosh va ohakni ishlab chiqarish va sotishdan iborat.

Ustav fondi

Jamiyat Ustav fondi 6 279 423 550 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 1 850 so’m bo’lgan 3 394 283 dona oddiy aksiyalarga bo’lingan.

Tashkiliy tuzilmasi

Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.

Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qoninchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan ) – jamiyat Kuzatuv kengashi.

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroyiya organi: Boshqaruv.

Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi va Ichki audit xizmati.